KHURRAMOVA EZOZA JASURBEK KIZI about 1 month ago
18
0
Select Language

JANUBIY KOREYALIK PROFESSOR SAMARQAND SHAHRIDAGI «IPAK YO‘LI» TURIZM XALQARO UNIVERSITETIGA KITOBLAR TAQDIM ETDI

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan Xanyang universiteti professori Li Hi Su bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Li Hi Su O‘zbekistonning turizm salohiyatini ta’kidlab, ushbu sohani rivojlantirish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lidagi qulay geografik joylashuvi tufayli madaniy, ma’rifiy va ilmiy almashinuvlarda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi ko‘hna shaharlar dunyo madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadi va Janubiy Koreya jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg‘otadi. Xanyang universiteti professori Koreya Respublikasida chop etilgan O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va Buyuk ipak yo‘li davlatlari tarixi, madaniyati, san’ati, madaniy merosi, geografiyasi, turizm salohiyati va boshqa mavzularga bag‘ishlangan 100 ga yaqin kitob va qo‘llanma materiallarni «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti kutubxonasiga taqdim etdi. Janubiy koreyalik professor ushbu kitoblar Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetining ilmiy salohiyatini yanada oshirish va turizm sohasidagi yetakchi oliygohga aylanishiga hissa qo‘shishiga umid bildirdi. Taqdim etilgan kitob va qo‘llanmalar elchixona tomonidan yaqin kunlarda O‘zbekistonga yuborilishi rejalashtirilgan. https://t.me/joinchat/RRtRjrcSjWlUb8aF

Comments (0)

Please log in to leave a comment.
No comments yet. Be the first to comment!